Magistrlarimiz uchun nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 

O‘smalarning birlamchi profilaktikasi. Chekish, ichish, va boshka zararli odatlar haqida suhbat. Sog‘lom turmush tarzi, sport, turizm, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish  haqida suhbat. Ratsional ovqatlanish, profilaktik diyeta haqida suhbatlar. Ikkilamchi profilaktika. O‘sma kasalliklari profilaktikasida “xavfli guruhni” aniqlay bilish. Skrining programmalar.

Onkologik kasalliklarda qo‘llaniladigan zamonaviy jarrohlik amaliyotlari, kimyoterapiya va nur terapiyasi haqidagi umumiy tushunchalar, bajarilgan davodan keyingi bemorlar reabilitatsiyasi, kasallikning o‘tkazib yuborilgan bosqichlarida bemorlarga ko‘rsatiladigan palliativ va simptomatik davo.

Qon ketish sindromi. Bachadon tanasi va bo‘yni saratoni. O‘pka saratoni. To‘g‘ri ichak saratoni. Siydik qopi saratoni. Ushbu kasalliklarda  bemorlarda kuzatiladigan qonli – suvli ajralmalar, qon ketish holatlari, taxminiy tashxisi va differentsial tashxisi. Spetsifik va nospetsifik kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash.

Noma’lum etiologiyali bezgak sindromi. Xavfli limfomalar. Buyrak saratoni. Yo‘g‘on ichak saratoni. Bezgak sindromi kuzatilgan holatlar, taxminiy tashxisi va differentsial tashxisi. Spetsifik va nospetsifik kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash.

Hajmli hosilalar. Og‘riq sindromi. Me’da saratoni. Jigar va o‘t yo‘llari saratoni. Qalqonsimon bez saratoni. Sut bezi saratoni. Ushbu holatlar  taxminiy tashxisi va differentsial tashxisi. Spetsifik va nospetsifik kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash.  Surunkali og‘riq  holatini davolash.

Bolalarda suyak va yumshok to‘kimalar xavfli o‘smalari. Bolalarda suyak va yumshoq to‘qimalar xavfli o‘smalari epidemiologiyasi, o‘smalarning bolalar va o‘smirlarda uchrashi, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostika va differentsial diagnostikasi, davolash va profilaktikasi.

Bolalarda limfoproliferativ o‘smalar. Bolalarda limfoproliferativ o‘smalar epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostika va differentsial diagnostikasi, davolash va profilaktikasi.

Amaliy mashg‘ulotlarning taxminiy ro‘yxati

O‘smalarning birlamchi profilaktikasi. Suv, havo va oziq moddalar tarkibidagi kantserogenlar xaqida tushuncha. Radioaktiv nurlar, kasbiy zararli moddalarning organizmga manfiy ta’siri. Chekish, ichish va boshqa zararli odatlar xaqida suhbat. Sog‘lom turmush tarzi, sport, turizm, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish  xaqida suhbat. Semizlik, uning xavfli tomonlari, ratsional ovqatlanish, profilaktik diyeta xaqida suhbatlar. Oqsil va vitaminlar bilan boy bo‘lgan, hayvon yoki kam bo‘lgan mahsulotlar tanovvul kilish.
O‘smalarning ikkilamchi profilaktikasi. Fon va o‘sma oldi kasalliklari. Turli a’zolarda uchraydigan surunkali, atrofik, atipik, displazik holatlar. O‘sma kasalliklari profilaktikasida «xavfli guruhni» aniqlay bilish. Skrining programmalar. Ularni qanday o‘tkaziladi, ularning ahamiyati. Respublikada ko‘p uchraydigan xavfli o‘smalar profilaktikasi, individual va ommaviy, aktiv va passiv  profilaktika turlari xaqida tushuncha.
Onkologik bemorlar  reabilitatsiyasi. Palliativ va simptomatik davo. Onkologik kasalliklarda qo‘llaniladigan zamonaviy jarrohlik amaliyotlari, kimyoterapiya va nur terapiyasi xaqidagi umumiy tushunchalar, bajarilgan davodan keyingi bemorlar reabilitatsiyasi, reabilitatsiya turlari, kasallikning o‘tkazib yuborilgan bosqichlarida bemorlarga ko‘rsatiladigan palliativ va simptomatik davo. Surunkali og‘riq sindromi, og‘riq qoldiruvchi dori-darmonlar, ularning qo‘llanishi xaqida ma’lumot.
Qon ketish sindromi. Bachadon tanasi va bo‘yni saratonida jinsiy yo‘llardan qonli ajralmalar, qon ketish holatlari, birlamchi tashxis. O‘pka saratonida balg‘amda qonli ajralmalar, qon tufurish, birlamchi tashxis va yordam xaqida tushuncha, o‘pkaning birlamchi va metastatik o‘smalarida UASh ning taktikasi xaqida. To‘g‘ri ichak saratoni, axlatda qonli ajralmalar. Siydik qopi saratoni, mikro- va makrogematuriya holatlari xaqida tushuncha. Ushbu kasalliklarda  bemorlarda kuzatiladigan qonli – suvli ajralmalar, qon ketish holatlarida UAShning taktikasi, taxminiy tashxisi va differentsial tashxisi. Spetsifik va nospetsifik kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash.
Noma’lum etiologiyali bezgak sindromi. Xavfli limfomalar, buyrak saratoni, yo‘g‘on ichak saratonida, limfadenopatiyalar, bezgak sindromi kuzatilgan holatlarda UASh ning taktikasi, taxminiy tashxisi va differentsial tashxisi. Spetsifik va nospetsifik kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash.
Hajmli hosilalar.  Bo‘yin sohasi, ko‘ks oralig‘i, korin bushlig‘i, kichik tos sohasi va yorg‘oqda aniqlanadigan hajmli hosilalar. Me’da saratoni. Jigar va o‘t yo‘llari saratoni. Qalqonsimon bez saratoni. Sut bezi saratoni. Ushbu holatlarda UAShning taktikasi, taxminiy tashxisi va differentsial tashxisi. Spetsifik va nospetsifik kasalliklar bilan qiyosiy tashxislash.
Bolalarda suyak va yumshoq to‘qimalar xavfli o‘smalari. Bolalarda suyak va yumshoq to‘qimalar xavfli o‘smalari. epidemiologiyasi, o‘smalarning bolalar va o‘smirlarda uchrashi, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostika va differentsial diagnostikasi, davolash va profilaktikasi.
Bolalarda limfoproliferativ o‘smalar. Bolalarda limfoproliferativ o‘smalar epidemiologiyasi, etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostika va differentsial diagnostikasi, davolash va profilaktikasi.
Me’da saratoni.
Kizilungach saratoni.
Limfoproliferativ kasalliklar.
Qalqonsimon bez va teri saratoni.
Sut bezi saratoni
O‘pka saratoni.
To‘g‘ri ichak saratoni.
Buyrak va siydik qopi saratoni.
Bolalar va usmirlarda yumshok to‘qima suyak sarkomalari.
Bolalar va o‘smirlarda limfoproliferativ kasalliklar.
Xajmli xosilalar. Ogriq sindromi.
Profilaktikalar.
Patologik ajralmalar. Qon ketish simptomi.
Onkologik bemorlar reablitatsiyasi.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarda magistrlar  tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish, avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; Yangi texnikalarni, apparaturalarni, ilmtalab jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganadilar

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy masalalar yechish orqali yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, masalalar yechish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.

Amaliy mashg‘ulotlarda magistrlar  tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish, avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; Yangi texnikalarni, apparaturalarni, ilmtalab jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganadilar.

 

Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar

 

Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan. Lekin 5-kurs talabalari onkologik bemorlar bilan suxbat o‘tkazib, bemorlarning xar kundagi kuzatiladigan o‘zgarishlari to‘g‘risida kasallik tarixi yozadilar va o‘qituvchi bu kasallik tarixini tekshirib boradi. 6-kurs talabalari esa poliklinika sharoitida bemorlar kuratsiyasini utkazadilar va kurgan bemorlarni audit daftariga yozadilar va uqituvchi talabaning audit daftarini tekshirib boradi.

 

Mustaqil ta’limning  shakli va mazmuni

 

Talaba mustaqil ishini tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
masofaviy (distantsion) ta’lim.

 

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari

 

Mustaqil ta’limning kattagina turli xil shakllari mavjud bo‘lib, talaba o‘qituvchi rahbarligida yangi bilimlarni, o‘quv va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, ijodiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida bajara oladi. Ushbu shakllarga quyidagilar tegishlidir:

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fanlar boblari va ma’ruzalarini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish, avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
Yangi texnikalarni, apparaturalarni, ilmtalab jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
talabalarning ixtisoslashtirilgan klinik kafedralardagi va klinik laboratoriyalardagi ishlari;
talabaning ilmiy tekshirish ishlarini (TITI) bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
faol o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.
Talabaning mustaqil ishi o‘quv rejasida shu fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarini ajralmas qismi bo‘lib, bajarilishi reyting tizimi talablari asosida nazorat qilinadi.
Onkologik bemorlar psixologiyasi asoslari, shifokor deontologiyasi, bemor va uning qarindoshlari bilan muloqot masalalari. Umumiy amaliyot shifokori bemor bilan, bemorning qarindoshlari bilan muloqot qilganda etika va deontologiyaga rioya kilishi va bemor psixikasini maksimal darajada ehtiyot kilishi kerak, o‘tkaziladigan har bir tekshirish yoki davolash haqida bemorga va uning qarindoshlariga to‘liq ma’lumot berishi, bu holatlarning ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lsa ularni tushuntirishi kerak.
Shish va bo‘shliklarda suyuqlik yig‘ilish sindromi.  Umumiy amaliyot shifokori qaysi o‘sma kasalliklarida qorin bo‘shlig‘i (tuxumdonlar saratoni, jigar saratoni, me’da saratoni, mezotelioma, qorin bo‘shlig‘idagi metastatik jarayonlar)  yoki plevral bo‘shliqda (o‘pka saratoni, mezotelioma, plevral bo‘shliqdagi metastatik jarayonlar) suyuqlik yig‘ilishi, to‘qimalarda shish holatlari (sut bezi saratoni misolida), indurativ shish nima (bachadon bo‘yni saratoni misolida), ushbu holatning kelib chiqish sabablari xaqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lishi,  ularni bartaraf qilish yo‘llari xaqida bilishi va ish jarayonida uni qo‘llashi kerak.
Sariklik sindromi. Umumiy amaliyot shifokori qaysi o‘sma kasalliklarida sariqlik sindromi (jigar saratoni, o‘t yo‘llari o‘smalari, jigar darvozasining qorin bo‘shlig‘idagi o‘sma jarayonlari tomonidan zararlanishi), ushbu holatning kelib chiqish sabablari xaqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lishi,  ularni bartaraf qilish yo‘llari xaqida bilishi va ish jarayonida uni qo‘llashi kerak.
Gepatomegaliya sindromi. Umumiy amaliyot shifokori qaysi o‘sma kasalliklarida gepatomegaliya sindromi (jigar saratoni, o‘t yo‘llari o‘smalari, jigar darvozasining qorin bo‘shlig‘idagi o‘sma jarayonlari tomonidan zararlanishi, toksik gepatitlar), ushbu holatning kelib chiqish sabablari xaqida to‘liq tushunchaga ega bo‘lishi,  ularni bartaraf qilish yo‘llari xaqida bilishi va ish jarayonida uni ko‘llashi kerak.

12.       Onkologik kasalliklarni o‘tkazib yuborilgan bosqichlarida psixologik aspektlar. Umumiy amaliyot shifokori onkologik kasalliklarni o‘tkazib yuborilgan bosqichlari xaqida bilishi, bu bemorlar va ularning qarindoshlari bilan qanday suhbat o‘tkazish, bemorni kuzatuvda saqlash va parvarishlash yo‘llari xaqida tushunchaga ega bo‘lishi kerak

Dispanserizatsiya masalalari. Huquqiy hujjatlar (qarorlar, buyruqlar, metodik qo‘llanmalar va x.k.).

Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti

 

Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan.

– barcha mavzular bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlarida zamonaviy kompьyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron didaktik texnologiyalarni;

– fanning umumiy va xususiy bo‘limlariga tegishli mavzularida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda aqliy hujum, qora quti, o‘rgimchak ini, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarini qo‘llash nazarda tutiladi.