3.15. Onkologiya
Onkologiyada xamshiralik ishi

Ushbu dasturda  – ijtimoiy klinik fan bo‘lib,  organizm to‘qima va  a’zolarining o‘sma kasalliklarini  o‘rganish bilan shug‘ullanadi.  O‘sma kasalliklari uzoq vaqt mehnat qobiliyatining yo‘qotilishiga, so‘ngra esa o‘limga olib keladi. Ushbu onkologiya fani bo‘yicha namunaviy dastur umumiy amaliyot shifokorlari uchun tuzilgan bo‘lib, umumiy amaliyot shifokori (UASh) tayyorlash kvalifikatsion xarakteristikasi asosida tuzilgan, dastur ularni tibbiy amaliyotda qo‘llaniladigan onkologik kasalliklar profilaktikasi,  tashxisi, differentsial tashxisi, umumiy terapiyasi, reabilitatsiyasi usullarining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishga, shu jumladan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, zamonaviy tekshirish usullari natijalarini interpritatsiya qilishi, malakali yordam ko‘rsatishi va dispanser ko‘rigini o‘tkazishiga yordam beradi.

Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o‘qitishdan maqsad – onkologik kasalliklar profilaktikasi,  tashxisi, differentsial tashxisi, umumiy terapiyasi, reabilitatsiyasi usullarining nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishdan iborat.

Fanning vazifasi – uni o‘rgvnuvchilarga:

onkologiya fanining maqsadi va vazifalarini, ularning UASh ish faoliyatidagi ahamiyatini
o‘smalarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, turli aholi guruhlarida profilaktik ko‘riklarni tashkil qilish;
o‘sma oldi kasalliklarini aniqlash, davolash va dispanser nazoratiga  olish
onkologiyada etika va deontologiya tamoyillari.
o‘sma kasalliklarining asosiy simptomlari va sindromlari.
o‘smalarning tashxisi, differentsial tashxisi
o‘sma kasalligi bilan davolangan bemorlar reabilitatsiyasi
onkologiya fanining maqsadi va vazifalarini, ularning UASh ish faoliyatidagi ahamiyatini
bolalarda kup uchraydigan o‘smalarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, profilaktik ko‘riklarni va skrining tekshiruvlarni tashkil qilish;
bolalarda kup uchraydigan o‘sma oldi kasalliklarini aniqlash, davolash va dispanser nazoratiga  olish
onkologiyada etika va deontologiya tamoyillari.
bolalarda kup uchraydigan o‘sma kasalliklarining asosiy simptomlari va sindromlari.
bolalarda kup uchraydigan o‘smalarning tashxisi, differentsial tashxisi
bolalarda kup uchraydigan o‘sma kasalligi bilan davolangan bemorlar reabilitatsiyasi

 Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar 

“Onkologiya va bolalar onkologiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

onkologiya fanining maqsadi va vazifalarini, ularning UASh ish faoliyatidagi ahamiyatini, o‘smalarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi, turli aholi guruhlarida profilaktik ko‘riklarni tashkil qilish; o‘sma oldi kasalliklarini aniqlash, davolash va  dispanser nazoratiga  olish, onkologiyada etika va deontologiya tamoyillari, o‘sma kasalliklarining asosiy simptomlari va sindromlari, o‘smalarning tashxisi, differentsial tashxisi; o‘sma kasalligi bilan davolangan bemorlar reabilitatsiyasi; onkologik bemorlarda palliativ va simptomatik davo to‘g‘risida xaqida tasavvurga ega bo‘lshi;
Aholi orasida chekish, ichish, va boshka zararli odatlar xaqida suhbat o‘tkazish;
aholi orasida sog‘lom turmush tarzi, sport, turizm, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish xaqida suhbat o‘tkazish;
ratsional ovkatlanish, profilaktik diyeta xaqida suhbatlar o‘tkazish;
o‘sma kasalliklari profilaktikasida “xavfli guruhni” aniklay bilish;
kasalliklar simptomi va sindromlariga asosan differentsial tashxis o‘tkaza bilish;
diagnostik tekshirishlar xulosalarini interpretatsiya qila olish, ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
Onkologik bemorlar uchun hisobot hujjatlarini to‘ldirish, teri qoplamini va ko‘rinarli shilliq qavatlarni ko‘zdan kechirish, sut bezini palьpatsiya kilish, tashqi joylashgan o‘smalarni palьpatsiya qilish, tashqi joylashgan limfa tugunlarini palьpatsiya qilish, Papanikalau bo‘yicha sitologik surtma tayyorlash, Me’da – ichak  tizimi o‘sma kasalliklarida qorinni palьpatsiya kilish, to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish;
buyraklar sohasini palьpatsiya qilish, gastrostoma, kolostoma va epitsistostomalarni parvarish qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

 Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi

 “Onkologiya va bolalar onkologiya” fani  9-10  va 11-12-semestrlarda o‘qitiladi.  Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan  odam anatomiyasi, normal va patologik fiziologiya, topografik va operativ jarroxlik, umumiy jarroxlik, epidemiologiya) fanlardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi. 

Fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni 

Onkologik kasalliklar sog‘liqni saqlash tizimida muhim o‘rinni egallaydi, chunki o‘zining keng tarqalaganligi, tarqalish yo‘llarining, klinik belgilarining va asoratlarining rivojlanishi, davolash va profilaktika chora-tadbirlarining turli-tumanligi bilan aholi kasallanish ko‘rsatkichi va ulim kursatgichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, yoshi utgan kishilarda va bolalar orasida o‘rtasida uchraydigan usma kasalliklarning oldini olish, ularning kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlariga ta’sir kilishda, kishilar sogligini muhofaza qilishda o‘zining ma’lum darajadagi hissasiga ega.

Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 

Talabalarning onkologiya va bolalar onkologiya fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim axamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, kompьyuter dasturlari, elektron materiallar hamda zamonaviy yorug‘lik mikroskopi, videotizimlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalar qo‘llaniladi.


 Тошкент Тиббиёт Академияси
Тиббийпедагогика факультетининг
Онкология ва нур ташхиси кафедрасининг
Даволаш ва тиббий педагогика факультети талабалари учун
очик маъруза утиш режаси 

Гурух Мавзу Качон укилади Ким укийди Ким ташриф буюради
1 604-605 гурух

 

Тиббий педагогика факультети

Юмшоқ тўқима ва суяк саркомаси 30.01.2018 йил т.ф.н.: Абдурахимов О.Н. Декан проф.: Хамраев А.А., декан ўринбосари: Тавашшаров Б., кафедра мудири проф: Атаханова Н.Э., доцент т.ф.н.: Файзиев Ф.Ш., Катта укитувчи Курбанкулов У.М., Ассистентлар: Норбекова М.Х., Ниезова Ш.Х., Кобилов О.Р., Маллаев М.М., Насиров С.К.
2 503-504 гурух

 

Даволаш иши факультети

Кизилунгач саратони 04.06.2018 йил Т.ф.н. доцент: Файзиев Ф.Ш. Декан проф.: Холматова Б.Т., декан ўринбосари: Нормуродов Б.К., кафедра мудири проф: Атаханова Н.Э., Катта укитувчи Курбанкулов У.М., Ассистентлар: Норбекова М.Х., Ниезова Ш.Х., Кобилов О.Р., Маллаев М.М., Насиров С.К.
3 409-410 гурух

 

Даволаш иши факультети

Упка саратонини ташхислаш 29.03.2018 йил Проф: Ходжибеков М.Х. Декан доцент: Холматова Б.Т., декан ўринбосари: Нормуродов Б.К., кафедра мудири проф: Атаханова Н.Э., доцент т.ф.н.: Исмаилова М.Х., Ибрагимов Ш.Н., Рахманова Г.Э., Зульпикариев Д,Д, Шихов Е.О., Болтабоева Г.А.

 

Проф:                      Атаханова Н.Э.