2026-yil 21-aprel sanasida Toshkent shahri, Sag’bon mahallasi, Sag’bon ko’chasi 225-uyda joylashgan Olmazor tuani 17-oilaviy poliklinikasi qoshida «Ayol salomatligi – millat salomatligi» mavzusida tibbiy-profilaktik tadbir tashkil qilindi. Ushbu tadbir doirasida mahallada istiqomat qiluvchi ayollarda tibbiy ko’rik o’tkazildi. Tibbiy ko’rik ichiga ayollarning reproduktiv tizimida uchrashi mumkin bo’lgan kasalliklar skrining tekshiruvi o’tkazildi.

Tadbirda kafedra xodimlari, shu jumladan onkoginekolog Abdinazarova Iltjfot Sodiqjon qizi, onkomammolog Ismailova Umida Abdullayevna, onkoginekolog Mamajonov Xasan lkramovich, umumiy onkolog Fayziyev Farux Sharipovich, umumiy onkolog Imamov Olim Abdilxodjayevich, onkojarrch To’ychiyev Anvar Pardaboyevichlar ishtirok etishdi.


Ushbu tadbirdan asosiy maqsad aholi, ayniqsa ayollar uchun ommaviy tibbiy ko’riklar tashkil etilishi, onkologik kasallik oldi holatlari aniqlangan bemorlarga zarur davolash tavsiya qilish, onkologik kasallikka gumon qilingan bemorlar Respublika ixtisoslashririlgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yo’naltirilish, mazkur bemorlarning «yashil yo’lak’ orqali navbatdan tashqari tekshiruvlardan o’tishi ta’minlashdir.









