Mazkur yilning 22-24 aprel kunlari Belarus respublikasi poytaxti Minsk shaxrida 15-xalqaro Yevroosiyo va MDH davlatlari onkologlari xalqaro kongresi bo’lib o’tdi.

Ushbu kongresda TDTU Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi mudiri boshchiligida kafedra dotsent va assistentlari ishtirok etishdi.

Xususan, kafedra mudiri professor Yusupbekov Abrorbek Axmedjanovich «Qizilo’ngachning ko’krak qafasida joylashgan qismi operativ davosi» mavzusida ilmiy ma’ruza qildilar.

 

Shu bilan birgalikda, kafedra assistenti Nasirov Saidrasul Kamalovich tomonidan «Patologik sinish bilan asoratlangan suyak saratonining personallashtirilgan operativ davosi» mavzusida ilmiy maruza taqdim qildi.

Mazkur nufuzli xalqaro kongress onkologiya va radiologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislarni bir maydonga jamlab, saraton kasalliklarini diagnostika qilish, davolashning zamonaviy usullari hamda ilmiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qilish imkonini bermoqda. Kafedra hodimlarining ushbu xalqaro ilmiy anjumandagi ishtiroki xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ularni mamlakatimiz tibbiyot amaliyotiga joriy etishga xizmat qiladi.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.