Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Onkologiya kafedrasi doimo yosh olim va olimalarni qo’llab-quvvatlagan. Yangi fan nomzodlari va fan doktorlarini yetishtirib chiqarish bo’yicha yuqori cho’qqilarni egallaydi. Shu sabab 3-aprel, 2026-yil kafedra assistenti Ismailova Umida Abdullayevnaning 14.00.14 – Onkologiya yo’nalishi bo’yicha «Multifokal va multisentrik sut bezi saratonining klinik kechish va davo taktikasining xususiyatlari» mavzusi bo’yicha tibbiyot fanlari nomzodilikni olish uchun kafedra miqiyosida yig’ilish bosqichi bo’lib o’tdi.


Yigilish davomida Ismailova U.A. ilmiy izlanishni keng yoritib beradigan qisqacha slayd-ko’rgazma o’tkazdilar. Kafedra dotsentlari, ilmiy hodimlari hamda kafedra mudiri prof. Yusupbekov A.A. tomonidan ilmiy ish bo’yicha qo’shimcha talab va takliflar berildi. Ilmiy ish olib borilishi bo’yicha yo’l qo’yilgan kichik xatoliklar hamda slayd-ko’rgazma tuzishda yo’l qo’yilgan xatoliklar takidlab o’tildi.
Ilmiy hodimlar hamda kafedra mudiri tomonidan tug’ilgan savollarga ilmiy izlanuvchi tomonidan javob berildi.





Oponentlar taqrizlari ko’rib chiqildi, ilmiy izlanuvchiga ilmiy ish bo’yicha savollar hamda talab-takliflar berildi.
Shu bilan birga kafedra hodimlari tomonidan Ismailova U.A. ga ilmiy ishini onsonlik bilan ximoya qilib olish uchun iliq niyyatlar bidirildi. Kelajakda yuksak yutuqlarga erishilishi tilandi.










