2026-yil 9-10 aprel sanalarida ko’hna Samarqand shaxrida Turkiy davlatlar onkologlari 2-xalqaro kongresi bo’lib o’tdi. Ushbu kongresda O’zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iz respublikasi xamda boshqa qator davlatlarning yetuk omillari, soha ekspertlari chiqishlari bo’lib o’tdi.

Kongresda Turkiy respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri Kemal Memishoglu so’zga chiqib, keyingi yillarda ikki davlat raxbarlarining sa’yi-xarakatlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari butunlay yangi bosqichga ko’tarilayotgani, O’zbekiston Turkiya uchun yaqin do’st, ishonchli hamkor ekanligi hamda xalqlarimiz o’rtasida qardoshlik rishtalari yanada mustaxkamlanayotganligini aloxida qayd etdi. O’zbekiston tomoni turkiyalik ekspertlar ishtirokida qator ixtisoslashtirilgan markazlar va tibbiyot o’quv yurtlarida o’tkazilgan maxorat darslari samaradorligini yuqori baxoladi.

Shuningdek, ushbu tashrif doirasida ikki davlat sog’liqni saqlash vazirlari uchrashib, qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Onkologiya, onkogematoligiya va radiatsion onkologiya kafedrasi assistenti t.f.n. Malikov Muzaffar Abduvaxabovich tomonidan Differensiallashgan qalqonsimon bez saratoni bilan kasallangan bemorlarni jarroxlik va patogenetik davolashni takomillashtirish mavzusi yuzasida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etdi.









