Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining asosiy maqsadlaridan biri yangi avlod shifokorlari hamda ilmiy xodimlarni yetishtirib chiqishdir. Shu maqsadda ko’p tarmoqli islohotlar hamda ilmiy izlanishlar uchun keng ko’lamli yordam ko’rsatadi.
01.06.2026 yil Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi assistenti Tuychiev Otabek Dilshod o’g’lining “Helicobacter pylori sababli rivojlangan qizilo’ngach saratoni tashxislashning o’ziga xos xususiyatlari va davolash natijalari” mavzusidagi tibbiyot fanlari nomzodilik dissertatsiyasi ximoyasi bo’lib o’tdi.

Chiqish davomida Otabek Dilshod o’g’li qizilo’ngach saratoni kelib chiqishida Helicobacter pylorining o’rni xaqida ma’lumot berdi. Ushbu patogenni davolash, qizilo’ngach saratonining davolanish jarayoniga qanday ta’sir qilishi o’rganilganligi haqida ma’lumot berdi.
Ushbu ilmiy ishning opponentlari eshitildi, savollariga javoblar berildi, takliflari e’tiborga olindi.

So’ngra doktorantning ilmiy rahbari, Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi mudiri, prof. Yusupbekov A.A. tomonidan so’zga chiqdi.

Auditoriyada yig’ilgan ilmiy kengash vakillaridan kelib tushgan savollarga javolar berildi, talab, takliflar e’tiborga olindi.

Ilmiy kengash a’zolari orasida anonim so’rovnoma o’tkazilib, bir ovozdan ilmiy ish ximoyasi tasdiqlandi.








