Onkologiya yo’nalishida yuqori malakali shifokorlarni yetishtirib chiqarishda TDTU Onkologiya kafedrasi o’zining katta xissasini qo’shgan. Respublika hamda jahon klinikalarida o’z faoliyatini olib borayotgan yetakchi onkologlar ushbu kafedraning sobiq talabalaridir.

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi Magistratura yo’nalishining asosiy vazifalari shu kabi yuqori malakali shifokorlarni yetishtirib chiqishdan tashqari o’z yo’nalishini mukammal biluvchi pedagoglarni ta’lim tizimiga ta’minlab berishdan iborat.

TDTU Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi 2-bosqich Magistratura talabasi Umarova Zilola Abdullajon qizi tomonidan TDTU 517-gurux talabalari bilan o’tkazilgan seminar jarayoni.

Bu kabi amaliyotlar Magistratura talabalarining pedagogik salohiyatini oshirish uchun rejali tarzda biriktirilgan.

Leave a Comment

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.