Bir guruh oʻzbekistonlik onkolog shifokorlar “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan onkojarrohlik boʻyicha xalqaro stajirovkasini boshladi. Ochiq tanlov natijasiga koʻra, Oʻzbekistonning yetakchi tibbiyot muassasalarining besh nafar mutaxassisi Fransiyaning ilgʻor onkologiya markazlari va tibbiyot universitetlari ishtirokida Strasburg hamda Parij shaharlarida malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu mutahasislar orasida TDTU Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi asisstetni, t.f.n., onkomammolog Talipov Orifjon Absamatillaevich ham bor.
Ta’lim dasturi zamonaviy ko’krak bezi onkojarroxligi, saraton kasalliklarini tashxislash va davolash bo’yicha nazariy hamda amaliy modullarni o’z ichiga oladi.
Malaka oshirish kursi O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi, Fransiyaning Evropa va tashqi ishlar vazirligi hamda mazkur davlatning Milliy xirurgiya akademiyasi o’rtasida imzolangan hamkorlik protokoli asosida tashkil qilingan bo’lib, shu yilning 10-apreliga qadar Parij va Strasburg shaxarlarida o’tkaziladi.











