2026-yil, 17-yanvar sanasida Onkologiya kafedrasi mudiri Yusupbekov A.A. boshchiligidagi kafedra yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida Onkologiya kafedrasi yangi xodimlarining xizmat vazifalari bo’lib berildi. Yil davomida qilinishi kerak bo’lgan vazifalarning rejasi tuzildi.
Kafedraga yangi qabul qilingan Doktorantlarning ilmiy raxbarlari bilan tanlangan ilmiy ishlari mavzulari ko’rib chiqildi, mavzuga doir talab-takliflar berildi, yo’l qo’yilgan xatolari ko’rsatilib, urg’u berilishi kerak bo’lgan vaziyatlar ko’rsatilib o’tildi.
Onkologiya kafedrasi 2025-2026 o’quv yilida qabul qilingan Dallo S.F. va Komiljonov K.D. larning ilmiy ishlarining aktualligi, ilmiya tadqiqotning vazifalari va kutilayotgan natijalari ustida munozara qilindi. Kafedra mudiri va dotsentlari tomonnidan kerakli maslaxatlar berildi.












