TDTU, t.f.n., Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi asisstenti

Тел.: +99893-380-05-06

Email: muzaffarmalikov1975@gmail.ru

1998-yilda Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1998-2000-yillarda Birinchi Toshkent Davlat Institutining Onkologiya va nur diagnostikasi kafedrasida klinik ordinaturani tamomlagan. 2000-2003-yillarda Onkologiya va nur diagnostikasi kafedrasida aspiranturada tahsil olgan. 2008-yilda «Giperglikemiya yordamida mayda hujayrali bo’lmagan o’pka saratoni bilan og’rigan bemorlarda kimyo-nur terapiyasini modifikatsiya qilish» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2004-yildan 2010-yilgacha Birinchi Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining Onkologiya va nur diagnostikasi kafedrasida assistent va Toshkent shahar Onkologiya dispanserining bosh va bo’yin o’smalari jarrohlik bo’limida shifokor bo’lib ishlagan. 2010-2011-yillarda Toshkent shahar Onkologiya dispanserining davolash ishlari bo’yicha bosh shifokor o’rinbosari bo’lib ishlagan. 2011-yildan 2017-yilgacha Toshkent shahar Onkologiya dispanserining bosh va bo’yin o’smalari jarrohligi bo’limi mudiri lavozimida ishlagan. 2017-yildan 2023-yilgacha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filialida bosh va bo’yin o’smalari jarrohligi bo’limida shifokor bo’lib ishlagan. 2023-yildan 2026-yilgacha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida «Differentsial qalqonsimon bez saratoni bilan og’rigan bemorlarni jarrohlik va patogenetik davolashni takomillashtirish» mavzusida doktoranturani tamomlagan.

U o’qituvchilik faoliyatini 2025-yilda Toshkent tibbiyot universitetining Onkologiya, bolalar onkologiyasi va palliativ yordam kafedrasida dotsent lavozimida boshlagan.

U uchta amaliy qo’llanma va 40 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.