
Yusupov Oybek Maksud o‘g‘li
Tel 99-862-88-03
Email: Oybek.onko96@gmail.com
2015 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi “Davolash ishi” fakultetiga o‘qishga kirib, 2021 yilda bakalavr darajasini oldim.
2021 yildan 2023 yilgacha N.I. Pirogov nomidagi Rossiya Milliy Tadqiqot Tibbiyot Universitetida “Onkologiya” bo‘yicha ordinaturada ta’lim oldim, bu davrda onkologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolash bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladim.
2023 yildan 2025 yilgacha Toshkent viloyati onkologiya dispanserida shifokor-endoskopist sifatida ishladim, endoskopik tekshiruvlar o‘tkazish, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarni kuzatish bilan shug‘ullandim.
2025 yil sentyabrdan buyon Toshkent davlat tibbiyot universiteti onkologiya kafedrasida assistent sifatida faoliyat yuritaman, shuningdek Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida endoskopiya bo‘limida shifokor sifatida ishlayman. Kasbiy faoliyatim davomida klinik amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va o‘qituvchilik bilan faol shug‘ullanaman.
Zamonaviy onkologiya sohasidagi bilimlarga egaman, jumladan erta diagnostika, endoskopiya va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. Ayniqsa, tibbiyotda sun’iy intellekt metodlarini tadbiq etish va o‘rganishga katta e’tibor qarataman.
To‘plangan bilim va amaliy tajribani talabalarga yetkazishga, ularni o‘qitishda ishtirok etishga intilaman, klinik tafakkurini rivojlantirishga va zamonaviy tibbiyotga qiziqishini oshirishga harakat qilaman.
Doimiy ravishda malakamni oshirish ustida ishlayman, yangi diagnostika va davolash usullarini o‘rganaman, ilmiy va ta’limiy loyihalarda ishtirok etaman.
Shaxsiy sifatlarim: mas’uliyatli, e’tiborli, maqsadga intiluvchi va kasbiy rivojlanishga intiluvchan.
Ilmiy qiziqishlar:
- Zamonaviy onkoendoskopiya usullarini rivojlantirish va tadbiq etish, oshqozon-ichak traktining onkologik kasalliklarini erta aniqlash va kuzatish.
- Optik biopsiya, virtual xromoendoskopiya va kattalashtirilgan vizualizatsiyani patologik o‘zgarishlarni aniq aniqlash uchun qo‘llash.
- Endoskopik tasvirlarni avtomatlashtirilgan tahlil qilish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganish va tadbiq etish.
- Talabalarni onkologik ko‘nikmalar bo‘yicha o‘qitish metodikasi, klinik tafakkur va amaliy kompetentsiyalarni rivojlantirish.
- Endoskopiya va onkologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish uchun o‘quv materiallari va protokollar ishlab chiqish.








